Krasnodarda “Zalsburg”ni yenga olmagan Odil Ahmedov jamoadoshlari Yevropa Ligasi pley-offiga yo‘l oldi (video)
O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov to‘p suradigan Rossiyaning “Krasnodar” klubi Yevropa Ligasining navbatdagi bosqichiga yo‘l oldi.
Vaholanki “Krasnodar” o‘z maydonida “Zalsburg”ni mag‘lub eta olmadi. Tomonlarning Avstriyada kechgan o‘yinida rossiyaliklar 1:0 hisobida zafar quchgani uchun ham o‘zaro uchrashuvlardagi ustunlikka ega.
Ahmedov o‘yinni dastlabki daqiqalardan boshlab, uning so‘nggiga qadar harakat qildi.
Yevropa Ligasi “I” guruhi. 5-tur 24-noyabr, payshanba
“Krasnodar” (Rossiya) — “Zalsburg” (Avstriya) 1:1
Gollar: Moanes Dabbur, 37 (0:1). Fyodor Smolov, 85 (1:1).“Shalke” (Germaniya) — “Nitssa” (Fransiya) 2:0
Gollar: Yevgeniy Konoplyanka, 14 (1:0). Dennis Aogo, 80-pen (2:0).Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar