Britaniyaning eng yirik avtomobil ishlab chiqaruvchisi bo‘lmish Jaguar Land Rover hukumat yashil texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlashga 390 million funt sterling ajratishni va’da qilganidan so‘ng mamlakat hududida elektromobillar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi haqida bayonot tarqatdi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
“Biz elektromobillarimizni dizayn va ishlab chiqarishimiz tayanchi bo‘lmish Uest-Midlends grafligida chiqarishni istaymiz”, — dedi kompaniya rahbari Ralf Spet.
Ilgari Jaguar Land Rover 2020-yilga qadar avtomobillarining yarmi uchun elektrik versiyalar chiqarishi ma’lum qilingan edi.
Izoh (0)