Kanadalik taniqli xonanda Jastin Biber “Barselona” jamoasi futbolchilari bilan mashg‘ulot o‘tadi. Bu haqda klub matbuot xizmatiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
“Barselona” muxlisi hisoblangan Biber penaltilar bilan ishlab ko‘rdi. Xonandaning Neymar va Rafinya tomonidan berilgan zarbalarni qaytarishi muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Mashg‘ulot vaqtida Neymar Jastin Biber bilan selfi tushdi.
Keyinroq xonanda kataloniyaliklarning boshqa yetakchilari – Lionel Messi va Luis Suares bilan ham suratga tushdi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)