Xonandalar Tamila hamda Amira Alibekova qo‘shiqlaridan ham, taxalluslaridan ham ayrilgani haqida “Sayyod.com” “Maestro” firmasi rahbarining so‘zlariga tayanib ma’lum qildi.
Har ikki qo‘shiqchi “Maestro” firmasining loyihasi bo‘lib, firma prodyuseri Najot Agzamov ular bilan tuzilgan shartnoma yakuniga yetgani va qayta cho‘zilmasligini aytib o‘tdi: “Tamila va Amira Alibekova loyihalari shartnoma muddati tugagani munosabati bilan to‘xtatildi. Ularning ‘Maestro’ orqali berilgan taxalluslari hamda barcha qo‘shiqlari firma zaxirasida qoladi”.
“Maestro”, shuningdek, qo‘shiqchi Yagonaga ham prodyuserliklik qilgan. “Yagonaning taxallusi qoldi va firma bilan shartnoma davrida yozilgan qo‘shiqlaridan foydalanish huquqi unga berildi”, — deb qo‘shimcha qilgan Najot Agzamov.
Ma’lumot uchun, Tamilaning asl ism-sharifi Esmeralda Rahmatova, Amira Alibekovaniki esa Adelya Alibekova. Kamilla Umarova esa Yagona taxallusi bilan ijod qilgan. Kamilla “Zero” guruhidan keyingi faoliyati davomida Yagona taxallusini olgandi. “Maestro” bilan shartnoma tuzayotganida esa taxallusini firma nomiga rasmiylashtirgan bo‘lgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)