Ekvador Futbol Federatsiyasi prezidenti Luis Chiriboganing ozidlikdan 10 yilga mahrum etilgani haqida La Republica nashri xabar berdi. U pul o‘zlashtirishda aybdor deb topilgan.
Chiriboga 18 yil davomida Ekvador futboliga rahbarlik qilgandi. Mana shu davr mobaynida u 6 million dollarga yaqin mablag‘ni gumdon qilgan. Unga bu ishda sherikchilik qilgan tashkilot moliya direktori Ugo Mora ham 10 yil vaqtini qamoqda o‘tkazadi. Buxgalter Pero Vera esa 3 yil-u 4 oy ozodlikda bo‘lmaydi.
Aybdorlarni himoya qiluvchi advokatlar o‘z ishini boshlagan. Ular erishishi mumkin bo‘lgan eng yaxshi ko‘rsatkich allaqachon 70 yoshni qarshilagan sobiq prezidentning jazosini uy qamog‘i shaklida o‘zgartirib berish ekani taxmin qilinmoqda.
Izoh (0)