Krakovda tergov zaruriyati uchun eksgumatsiya qilingan Smolenskdagi aviahalokat qurbonlari — Polsha prezidenti Lex Kachinskiy va uning turmush o‘rtog‘i Mariyaning jasadlari qayta ko‘mildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Marosim yopiq tarzda o‘tkazildi. Unda marhumlarning yaqinlari, jumladan, sobiq davlat rahbarining egizagi Yaroslav Kachinskiy va qizi Marta Kachinskayadan tashqari Polsha prezidenti Anjey Duda va bosh vazir Beata Shidlo ishtirok etdi.
Lex Kachinskiy va uning turmush o‘rtog‘i avvalgi joyda — Vavel qirollik qal’asidagi Kumush qo‘ng‘iroqlar minorasi ostida ko‘mildi. Eksgumatsiya jarayonidan so‘ng tosh tobutni almashtirishga to‘g‘ri keldi.
Jami Smolensk fojiasida halok bo‘lgan 83 kishining qoldiqlarini o‘rganish rejalashtirilgan. Barcha jarayonlar 2017-yil oxirida yakunlanishi kutilmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)