Kaliforniya shtati, Moss Bich shahrida Cessna 172 yengil motorli samolyoti turar-joy ustiga quladi. Bu haqda NBC telekanali ma’lum qildi, deb yozadi “RBK”.
Hodisa oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Ushbu ma’lumot hudud rasmiylari tomonidan tasdiqlangan. Shahar politsiyasi vakilining ma’lum qilishicha, uy vayronalari ostidan yana bir kishi chiqarib olingan. Jabrlanuvchining ahvoli haqida ma’lumot keltirilmagan.
Fuqarolik aviatsiyasi federal boshqarmasi vakili Yan Gregorning nashrga xabar berishicha, avariya mahalliy vaqt bo‘yicha 11:20 da Half Moon Bay aeroporti yaqinida yuz bergan. Qulab tushgan samolyot Sakramento aeroklubida ro‘yxatdan o‘tgan.
Hodisa joyida qutqaruvchilar ishlamoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)