Manxetten okrugi federal sudi Venesuela prezidenti Nikolas Maduroning ikki nafar qarindoshini giyohvandlik vositalari savdosida aybdor deb topdi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi, deb yozadi “RBK”.
Sud AQSh hududiga kokainning katta partiyasini kiritish maqsadida til biriktirishda gumon qilingan Franki Fransisko Flores de Freytas va Efreyn Antonio Kampo Floresga nisbatan ayblov hukmini chiqardi.
Sud Venesuela prezidentining qarindoshlari kokain sotishdan olingan millionlab dollarlarni Maduro va uning rafiqasining hukumatda qolishi uchun yordam berish maqsadida Karakasga yuborishi kerakligi haqidagi tergovchilar xulosalarini to‘g‘ri deb topdi.
Franki Flores de Freytas va Eyfreyn Flores Venesuela prezidentining rafiqasi Siliya Floresning jiyanlaridir.
El Nacional nashrining ma’lum qilishicha, ikki yigit Gaitida qo‘lga olingan. Ularning samolyotidan 800 kilogramm kokain topilgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)