Meksikalik Xuan Pedro Franko Salasga Aguaskalyentas shahri shifoxonalaridan joy topish uchun 6 yil vaqt kerak bo‘ldi. U mana shu davrni o‘z to‘shagida o‘tkazdi, deb yozdi “Vesti” nashri.
Deyarli 500 kilogramm keladigan Salas 6 yil davomida to‘shagidan nari-beriga qimirlay olmagan. Uni shifoxonaga yetkazish uchun maxsus texnik vositalar jalb qilinganiga Metro nashri oydinlik kiritgan.
Shifoxona ishchilari Salasdan qon olingani haqida ma’lumot berdi. Ularning so‘ziga ko‘ra, yarim tonnalik odam bir necha oy davolanishi kerak. Uning aynan qanday kasallik bilan og‘riyotgani esa oshkor qilinmagan.
Qayd etilishicha, 2015-yil hayot meksikalik eng semiz odamni dunyodan olib ketgandi. Andres Moren o‘zining 444 kilogramm vaqtida dunyo bilan vidolashgan. Shu yilning mart oyida esa Kolumbiyadagi eng semiz inson kasalxonaga yong‘in mashinasida olib ketilgan va uni mashinaga joylash uchun 10 kishi ovora bo‘lgandi.
Izoh (0)