Amerikalik bokschi Aleks Styurtning 52 yoshida olamdan ko‘z yumgani haqida “TASS” East Side Boxing portaliga asoslanib ma’lum qildi. O‘lim sabablari oshkor etilmagan.
Styuart faoliyati davomida ikki bor Evender Xolifildga qarshi ringga ko‘tarilgan bo‘lib, 1989 va 1993-yilgi janglarda sovrindor raqibiga imkoniyatni boy bergan. 1990-yil esa Mayk Taysondan nokautga uchragan.
Styuart professional boksda 53 ta jang o‘tkazgan bo‘lib, shularning 43 tasini o‘z foydasiga hal qilgan. 40 tasida raqiblarini nokautga uchratgan.
Izoh (0)