Meksikada 2011-yilda 300 ga yaqin odamning o‘ldirilishiga aloqadorlikda gumonlanib, Alyende shahrining sobiq meri hibsga olindi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi, deb yozadi “RBK”.
2011-yilda u shaharning amaldagi meri bo‘lgan. Bosh prokuraturaning ma’lum qilishicha, qotillik giyohvandlik vositalari sotuvidan daromadlarni o‘g‘irlaganlik uchun qasd olishga qaror qilgan “Zetas” karteli tomonidan tashkil etilgan.
Hukumat hisobotidan ma’lum bo‘lishicha, “Zetas” karteli a’zolari Alyendening 160 nafardan 200 nafargacha aholisini o‘g‘irlagan.
Kartel a’zolaridan birining so‘zlariga qaraganda, xunrezlik oqibatida 300 ga yaqin odam o‘ldirilgan. U, shuningdek, “Zetas” 2007-yildan 2011-yilgacha bo‘lgan davrda 5 tonna kokain olib o‘tganligini ma’lum qilgan. Shtat rasmiylari esa kartelni himoya qilgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)