Angliyaning “Manchester Yunayted” futbol klubi o‘z chiptasini Twitter orqali sotishga urinayotgan muxlisini payqab qolib, uni o‘zi ishtirokidagi uy va safar uchrashuvlariga kirishini 3 yilga ta’qiqladi. Bu haqdagi xabar “101greatgoals” nashrida yozildi.
“Yunayted”ning Yevropa Ligasidan joy olgan “Fenerbahche”ga qarshi safar o‘yini olidan ishqiboz o‘z chiptasini pullashga uringan. Bu xabar esa jamoa rahbariyatiga qadar yetib kelgan.
Mavsum oldidan klub o‘z muxlislarini olib-sotarlik masalasida ogohlantirgan bo‘lib, bu ish bilan shug‘ullanganlik uchun 3 yilgacha jazo chorasini ko‘rishini ma’lum qilgandi. Shundan kelib chiqib, “MYu” nomidan olib-sotarligi aniqlangan muxlisga shunday javob yozildi:
“Sizning nomingizga olingan chipta ijtimoiy tarmoqda sotilayotganini ko‘rdik. Chiptalarni noqonuniy sotish esa aytib o‘tilganidek ta’qiqlanadi. Sizning chiptangiz bekor qilindi. Endi siz 3 yil davomida jamoamizning uy va safar uchrashuvlarini ko‘rishga kiritilmaysiz”.
Xabarda klubning bu qarori bir qator futbol muxlislarining noroziliklariga sabab bo‘lgani qo‘shimcha qilingan. Ular katta pul sarflab, uning uchrashuvlarini ko‘rishga boradigan klublarini past ketishda aylagan.
Izoh (0)