Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy Ligasining 29-turi doirasida yana 3 ta uchrashuv o‘z yakuniga yetdi. Ikki kun avval “Obod” va “Andijon” o‘yini bo‘lib o‘tgan bo‘lsa, 17-noyabr kuni 3 ta o‘yin o‘tkazilgandi. Ertaga — 19-noyabr kungi yana bitta o‘yin bilan 29-turga yakun yasab beriladi.
“Bunyodkor”ning ochko yo‘qotishi sabab chempionlikni qo‘lga kiritgan “Lokomotiv”, o‘z maydonida “Metallurg”ni qabul qilib, 4:1 hisobida zafar quchdi. Chempionlik o‘yinida “temiryo‘lchilar”dan Ikrom Aliboyev qizil kartochka olib, maydonni ertaroq tark etdi.
Sobiq chempion “Paxtakor” esa “Olmaliq” maydonida zafar quchdi. Shunga qaramay klub kuchli to‘rtlikka kira olmasligini bilib bo‘lgan. Shuningdek, xalqaro maydondan ham chetda qolib ketgan.
Ligada jon saqlab qolish uchun kurash olib borayotgan “Qo‘qon—1912” vazifani deyarli uddaladi. 29-turni G‘uzorda “Sho‘rtan”ga qarshi o‘tkazgan jamoa 2:0 hisobida zafar quchdi.
O‘zbekiston Oliy Ligasi 29-tur bellashuvlari 18-noyabr, juma
Izoh (0)