Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Janubiy Koreyaga imkoniyatni boy berganidan keyin afsonaviy futbolchi Birodar Abduraimov o‘yin haqidagi fikrlarini “Championat.asia” orqali bildirdi.
“Ikkita taymda ikki xil futbol bo‘ldi. Birinchi taymdagi futbolga gap-so‘z yo‘q, shunga yarasha tanaffusga g‘olib sifatida chiqib ketdik. Lekin futbol bir emas, ikki bo‘limdan iborat ekanini unutib qo‘ydik. Biz jismoniy tomondan oqsadik. Ochiq aytish kerak, kuchimiz 90 daqiqaga yetmadi”, — deya fikr bildirgan Abduraimov.
“Nega raqibning kuchi 90 daqiqaga yetdi-yu, bizniki yetmadi? Demak, shu tomonlama xatolarni to‘g‘rilash kerak. Bu yana takrorlanmasligi uchun ko‘proq ishlash lozim. Mundialga kimning borishi esa so‘nggi turda hal bo‘ladi. Bizda imkoniyat bor. Koreyaliklar bilan o‘yindan keyin ham guruhdagi ikkinchi o‘rinni saqlab qolganimizda edi, futbolchilarning kayfiyati ko‘tarinki ruhda bo‘lardi” — deb so‘zini yakunladi Birodar Abduraimov.
Izoh (0)