Gollandiya kelajak mamlakati ekanligini isbotlovchi 7 ta dalil (foto)
AdMe Gollandiyaning kelajak mamlakati ekanligini isbotlovchi yettita muvaffaqiyatini keltirib o‘tdi.
Bu uysiz jonivorlar bo‘lmagan yagona mamlakat
Yaqinda Gollandiyada tashlandiq it va mushuklar qolmagani haqida rasman xabar berildi. Mamlakat hukumati jonivorlarga o‘z huquqlarini taqdim etish va ularga shafqatsiz munosabatda bo‘lgan odamlarni qattiq jazolash orqali bunga erishdi.
Gollandiyada birinchi marta quyosh batareyalariga ega velosiped yo‘laklari va avtomagistrallar paydo bo‘ldi
SolaRoad loyihasi doirasida bunday yo‘laklarning birinchi qismi 2015-yilda ochildi. G‘oya shundan iboratki, yo‘l ishlab chiqaradigan quyosh energiyasi ko‘chalarni yoritish, mexanik va elektr transport vositalarini zaryadlashda qo‘llaniladi.
Elektromobillarni zaryadlash stansiyalari har 50 metrda joylashgan
Gollandiyada hech kim avtomobildan foydalanmaydigan shahar bor
Xauten shaharchasi dunyodagi eng xavfsiz joy deb tan olingan. 1980-yillar boshida shaharning 4000 aholisi asta-sekinlik bilan avtomobildan velosipedga o‘tish haqida strategik qaror qabul qildi. Shu tariqa, shaharcha fuqarolari velosipedda yurishga odatlandi.
Mamlakat hukumati asta-sekin yoqilg‘ili avtomobillardan foydalanishga doimiy taqiq joriy qilmoqda
2025-yilgacha Gollandiya hukumati mamlakatda dizel va benzinli dvigatelda yuradigan avtomobillarni to‘liq taqiqlamoqchi.
Mamlakatda mahbuslar yo‘qligi tufayli, qamoqxonalar yopilmoqda
2009-yildan buyon mahbuslar yetishmasligi tufayli, Gollandiyada 19 ta qamoqxona yopildi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda har 100 ming aholiga 163 nafar jinoyatchi to‘g‘ri keladi, bu Braziliyadagi ko‘rsatkichning yarmiga teng demakdir.
Gollandiyada ekoduklar — o‘rmonda yashaydigan hayvonlar uchun maxsus ko‘priklar mavjud
Izoh (0)