Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida avtomobilga qarata o‘t ochildi. Haydovchi o‘qqa chap berib qolishga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar berdi “1news.uz” nashri.
“Fontanki” nashri ma’lumotiga ko‘ra, bu voqea 15-noyabr kuni soat taxminan 5 larda Sadovoy va Lomonosov ko‘chalari kesishmasida kuzatilgan. Noma’lum shaxs indamay pistoletini o‘qlagan va uni Daewoo avtomobiliga qarata o‘qtalgan. Mashina ichida esa 39 yoshli O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan.
To‘pponchani olishni talab qilgan haydovchi “Miyangni qatig‘ini chiqarib tashlayman”, — degan javobni eshitgan. Haydovchi xavfsizlik kamarini taqib olgandi, deb yozilgan xabarda. Noma’lum shaxs unga yaqinlashib keldi va to‘pponchani haydovchining peshonasiga tiradi. O‘zbekiston fuqarosi uning qo‘lini itarib yubordi va tezlik bilan salondan qochdi. Otilgan o‘q esa mashinaning old oynasiga tekkan.
Oradan yarim soat o‘tib politsiya o‘qotar kimsani qo‘lga oldi. U mast holatda bo‘lib, o‘zi bilan birga yelim idish hamda saqlash uchun ruxsat etilgan o‘qotar qurolga ega edi. Kelishmovchilik tafsilotlari politsiya tomonidan o‘rganilmoqda.
Izoh (0)