Suriyaning Aleppo shahrida jangarilar tomonidan mitingning o‘qqa tutilishi oqibatida 27 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda jurnalistlarga Rossiya mudofaa vazirligi rasmiy vakili general-mayor Igor Konashenkov ma’lum qildi, deb xabar beradi “Interfaks”.
Voqea al-Amriya va al-Fardus tumanlarida ro‘y berdi.
Konashenkovning ma’lumotlariga ko‘ra, hafta davomida Alepponing terrorchilar qo‘lidagi hududlarida 11 miting kuzatilgan.
Izoh (0)