• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Narimon Umarov jizzaxlik saylovchilar bilan uchrashuvda Innovatsiya jamg‘armasini tuzish taklifi bilan chiqdi

    O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Narimon Umarov 15-noyabr kuni Jizzax viloyati saylovchilari bilan uchrashdi. Bu haqda “Daryo”ga partiya matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: “Adolat” SDP

    Foto: “Adolat” SDP

    Onlayn videokonferensiya tarzida tashkil etilgan tadbirda asosiy uchrashuv zali hamda tuman, shaharlardagi uchrashuv joylaridan jami 3000 nafarga yaqin saylovchi ishtirok etdi. Unda jamoatchilik vakillari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faollari, mahalliy kengashlar deputatlari, partiyaning viloyat, tuman va shahar kengashlari a’zolari, jurnalistlar Prezidentlikka nomzod bilan jonli muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

    Tadbirni mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Jizzax viloyati kengashi raisi X. Atayev olib bordi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning ishonchli vakili — xalq deputatlari Jizzax shahar kengashi deputati D. Hakimova yig‘ilganlarga N. Umarovning tarjimai holi haqida so‘zlab berdi.

    Prezidentlikka nomzod mustaqillik yillarida viloyatning shahar va qishloqlari tanib bo‘lmas darajada o‘zgargani, hududda zamon talablariga mos, milliy me’morchilik asosida barpo etilayotgan turar joylar, sport inshootlari yoshlarning jismonan sog‘lom va barkamol inson bo‘lib voyaga yetishishi, shuningdek, xalq turmush darajasining yaxshilanishi va kelajakka bo‘lgan ishonchining yanada mustahkamlanishida muhim o‘rin tutishini e’tirof etdi.

    Uchrashuvda N. Umarov o‘z saylovoldi dasturining asosiy yo‘nalishlari haqida batafsil to‘xtalib, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir g‘oya va takliflarini bildirdi. Xususan, nomzod bugungi kunda hududiy dasturlarning samarali ijro etilishida asosiy mas’uliyat mahalliy boshqaruv organlari zimmasiga tushayotgani, ammo joylardagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarning barchasini hal qilishda hokimlarning vakolatlari yetarli emasligini qayd etdi.

    Nomzod ayni masalaning maqbul yechimi sifatida mahalliy boshqaruv organlari faoliyati samaradorligi va mas’uliyatini oshirish maqsadida hokimlarning vazirlik va idoralar hududiy bo‘linmalari rahbarlarini ishga qabul qilish va ozod etish, ularni javobgarlikka tortish, hududning kadrlar siyosatiga doir vakolatlarini kengaytirish taklifini ilgari surdi. Buning uchun mahalliy davlat hokimiyati idoralari faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik bazasini chuqur xatlovdan o‘tkazish, hududiy davlat hokimiyati organlari zimmasiga muayyan vazifa, vakolat va topshiriq yuklatilgan hollarda normativ-huquqiy hujjatlarda ularni amalga oshirish, nazorat qilish va hisobotini eshitish bilan bog‘liq aniq mexanizmlarni aks ettirish, qolaversa, barcha hududiy davlat hokimiyati organlari rahbarligiga tavsiya etilayotgan nomzodlarni hokimlar bilan kelishish lozimligini ta’kidladi.

    Shu bilan birga, N. Umarov hududda so‘nggi yillarda zamonaviy, yuksak texnologiyalar bilan jihozlangan, yirik innovatsion loyihalarga asoslangan ko‘plab korxonalar faoliyati yo‘lga qo‘yilgani, xususan, xalq xo‘jaligi va kundalik turmush uchun zarur bo‘lgan mahsulotlarning aksariyati, kamchiqim elektr lampasidan tortib noyob mobil telefon apparatlari va rangli televizorlar aynan Jizzax vohasida ishlab chiqarilayotganiga e’tibor qaratdi.

    Narimon Umarov mamlakat kelajagi aynan innovatsion iqtisodiyotda, deb bilishini, ya’ni butun dunyoda fan va texnologiyalar jadallik bilan rivojlanayotgan hozirgi davrda faqat yangi texnologiyalarga asoslangan iqtisodiyotgina davlat qudratini oshirib, xalq farovonligi va jamiyatning barqaror rivojlanishiga xizmat qilishini qayd etdi.

    Bu boradagi maqsadlarni amalga oshirish uchun nomzod maxsus kompleks chora-tadbirlar dasturini qabul qilish, unda innovatsion faoliyatning me’yoriy-huquqiy bazasini takomillashtirish, innovatsiya va innovatsion infratuzilmalarning yagona vakolatli organini ta’sis etish, Innovatsiya jamg‘armasini tuzish kabi ustuvor vazifalarni belgilash asosiy maqsadlaridan ekanligini ma’lum qildi.

    Uchrashuvda Jizzax viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi o‘rinbosari I. Xolmurzayev, xalq deputatlari Jizzax shahar kengashi deputati F. Qobilov, Jizzax shahridagi “Olmazor” mahalla fuqarolar yig‘ini maslahatchisi O. Nishonova va boshqalar nomzodning dasturini qo‘llab-quvvatlab so‘zga chiqdi.

    Uchrashuvda Narimon Umarov ishtirokchilarning ko‘plab savollariga javob berdi va ularga e’tibor hamda ishonch uchun minnatdorlik bildirdi.

    15.11.2016, 19:02   Izoh (0)   4162
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda 16-noyabr kuni yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor

    15.11.2016, 18:09

    Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni qiroliga akasining vafoti munosabati bilan ta’ziya bildirdi

    15.11.2016, 17:42

    So‘nggi 70 yildagi eng yorqin super Oy — o‘zbekistonlik fotosuratchilar nigohida

    15.11.2016, 17:32

    Toshkentdagi Vestminster xalqaro universiteti bitiruvchilariga diplomlari topshirildi

    15.11.2016, 16:33

    2017-yilda Cho‘lpon tavalludining 120 yilligi nishonlanadi

    15.11.2016, 16:10

    O‘zbekistonda Prezident saylovi arafasida xavfsizlik choralari kuchaytirildi

    15.11.2016, 15:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    USAID faoliyati to‘xtatilishi tufayli nigeriyaliklarga ochlik xavfi tahdid solmoqda — OAV

    Dunyo | 5 iyul, 22:47

    Sirdaryoda 892 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik savdosi fosh etildi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 22:22

    Superliga. “OKMK” Muborakda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 22:20

    Isroil Eronning beshta harbiy obyektga zarba berganini yashirgani aniqlandi

    Dunyo | 5 iyul, 22:05

    Toshkentda iyun oyida tilanchilik bilan shug‘ullangan 70 kishiga nisbatan maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan

    O‘zbekiston | 5 iyul, 20:28

    Makron Starmerdan Falastinni davlat sifatida tan olishni talab qilmoqda — Telegraph

    Dunyo | 5 iyul, 19:50

    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi

    Reklama | 5 iyul, 19:30

    Tramp Eronni uran boyitish ishlarini davom ettirayotganlikda aybladi

    Dunyo | 5 iyul, 19:05

    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!

    Reklama | 5 iyul, 18:48
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.