“O‘zbeknavo” estrada birlashmasi jonli ijroni ommalashtirish va rivojlantirish bo‘yicha sa’y-harakatlarni boshlaganidan so‘ng, odamlar orasida “jonli ijroda konsert bergan xonandaga “Istiqlol” san’at saroyi bepul ijaraga beriladi”, qabilida gap-so‘zlar tarqalgan edi.
Jurnalist Feruz Muhammad “O‘zbeknavo” estrada birlashmasining maxsus ruxsatnoma (litsenziya) beruvchi tashkiliy boshqarmasi boshlig‘i Odiljon Abduqahhorov bilan bog‘lanib, mazkur masalaga oydinlik kiritdi.
“Jonli ijroda konsert bergan xonandadan ‘Istiqlol’ san’at saroyida ijara haqi olinmasligi haqidagi gap-so‘zlar asosli emas”, — dedi Odiljon Abduqahhorov.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)