15-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 16:00 da futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Janubiy Koreyaga qarshi o‘yinda maydonga tushadi. JCh—2018 saralashi doirasidagi bellashuvga Seuldagi World Cup Stadium mezbonlik qiladi.
Janubiy Koreya va O‘zbekiston o‘zaro 13 ta o‘yinda ishtirok etgan bo‘lsa, shularning faqatgina 1 tasida o‘zbekistonliklarning qo‘li baland kelgan. 1994-yilgi Osiyo O‘yinlarida Azamat Abduraimov tomonidan urilgan yagona gol O‘zbekistonning hozircha yagona bo‘lib turgan g‘alabasiga xizmat qilgan.
O‘zaro o‘yinlarning yana 3 tasida tomonlar durang natijaga rozi bo‘lgan. Qolgan barcha bellashuvlar “Osiyo yo‘lbarslari”ning muvaffaqiyati bilan yakun topgan. O‘zbekiston raqib darvozasiga 13 ta gol urgan va o‘z postidan jami 28 ta to‘p o‘tkazib yuborgan.
“Daryo” odatdagidek O‘zbekiston milliy terma jamoasi ishtirokidagi o‘yindan matnli onlayn uyushtiradi.
[playbuzz-item playbuzz_url="https://www.playbuzz.com/muhrima10/bordi-yu-o-zbekiston-terma-jamoasi-janubiy-koreyaga-mag-lub-bo-lsa-bu-holatga-qaysi-iqtibos-ko-proq"]
Izoh (0)