Facebook asoschisi Mark Sukerberg ijtimoiy tarmoq orqali uydirma xabarlarning tarqalishiga qarshi kurashni faollashtirish niyatini izhor qildi. Shu bilan birga, u mazkur xabarlar bilan bog‘liq janjallar AQShda 8-noyabr kuni o‘tgan prezident saylovi natijalariga ta’sir ko‘rsatmaganini ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
“Odamlar Facebook’da ko‘rayotganining 99 foizi — haqiqiy yangiliklar. Ularning kichik bir qismi yolg‘on va uydirmadir. Mavjud uydirmalar konkret bir mavzuga taalluqli emas. Umuman olganda, uydirma xabarlar saylov natijalariga ta’sir o‘tkazgani shubhali”, — dedi u.
Sukerberg bunday turdagi yangiliklarga qarshi kurashish niyatida sobitligini tasdiqladi va odamlarga ular Facebook’da muhim va ahamiyatli yangiliklarni ko‘rayotganini isbotlashini ta’kidladi. Facebook jamoasi shubhali yangiliklarni belgilaydigan servis ustida ish olib borayotganini ma’lum qildi.
Izoh (0)