10-noyabr kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi Iordaniya ustidan zafar quchgach, bosh murabbiy Samvel Babayan shaxsiy ko‘rsatkichini yanada yaxshilab oldi.
“Championat.asia” nashriga ko‘ra, Samvel Babayanning milliy terma jamoa bilan g‘alabalari 14 taga yetgan. Uning boshqaruvida bosh jamoa 16 ta o‘yinda ishtirok etgan bo‘lib, 2 tasida imkoniyatni boy bergan.
O‘z vaqtida O‘zbekiston termasini boshqargan Rustam Akramov, Rauf Inileyev, Ravshan Haydarov kabi mutaxassislarda g‘alabalar soni 13 tani tashkil qiladi. Akramovga buning uchun 18 ta o‘yin kerak bo‘lgan, Inileyev esa 13 ta g‘alaba uchun 27 uchrashuvda jamoani maydonga olib tushgan, Haydarovda o‘yinlar soni 25 tani tashkil qiladi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy terma jamoasi bilan eng ko‘p g‘alabaga erishgan murabbiy Mirjalol Qosimov hisoblanadi. U 55 uchrashuvda ishtirok etib, 23 bor zafar quchishga muvaffaq bo‘lgan.
Izoh (0)