Peru sobiq prezidenti Olyanta Umala pul yuvish haqidagi ish bo‘yicha gumonlanuvchi sifatida so‘roqqa chaqiriladi, deya xabar bermoqda “TASS” mahalliy OAVlarga tayanib.
Bo‘lajak so‘roqning sanasi ma’lum emas. Avvalroq sobiq davlat rahbari tergovchilarga guvoh sifatida ko‘rsatmalar bergan edi.
Prokuror Xerman Xuares Atoche esa Peruning huquq-tartibot organlari Umalaga pul yuvish haqidagi ayblovni ilgari surish uchun yetarlicha dalillarga ega ekanligini aytdi.
Avvalroq Peru prokuraturasi saylovoldi kampaniyasi doirasida mablag‘dan noqonuniy foydalanishda gumon qilinayotgan mamlakatning sobiq prezidenti Olyanta Umalaga nisbatan tekshiruv boshlagan edi.
Peru sobiq rahbarining prezidentlik lavozimidagi 5 yillik muddati shu yil iyul oyida yakuniga yetdi. U hozirda ham oliy davlat lavozimidagi faoliyati bo‘yicha prezidentlik daxlsizligiga ega.
2015-yil sentabrida Peru prokuraturasi Umalaning turmush o‘rtog‘i Nadin Erediani moliyaviy firibgarliklar bo‘yicha tergov olib borilayotgan shaxslar ro‘yxatiga kiritdi. Sobiq birinchi xonim o‘zi tomonidan boshqariladigan Peru milliy partiyasini noqonuniy moliyalashtirishga aloqadorlikda gumon qilinmoqda.
Izoh (0)