O‘rtacha mavsumiy haroratlarning ko‘tarilishi bezgak, issiq urishi va tropik kasalliklarning tarqalishi tufayli, 250 mingga yaqin kishining qo‘shimcha o‘lim hollariga olib kelishi mumkin. Bunday ko‘rsatkichlarni BMTning Iqlim konferensiyasida yalpi majlis ishtirokchilari aytib o‘tdi, deb yozadi “TASS”.
“O‘rtacha mavsumiy haroratlarning ko‘tarilishi ba’zi mintaqalarda qurg‘oqchiliklarga, boshqalarida muzliklarning erishiga, muzlab qolishga va suv toshqinlariga sababchi bo‘ladi… Rekord darajadagi haroratlar, salomatlik bilan bog‘liq vaziyatning yomonlashuvi, suv sifatining pasayishi, chivinlar olib keladigan tropik kasalliklarning tarqalishi, shuningdek, avval uchramagan viruslar va tropik kasalliklarning paydo bo‘lishi tufayli, 250 mingga yaqin o‘limlar va qurbonlar bo‘lishi prognoz qilinmoqda”, — deyiladi Nikaragua vakillari ma’ruzasida.
Ma’ruzaga ko‘ra, bunda gap 2030 va 2050-yillar oralig‘idagi davr haqida bormoqda.
Shu munosabat bilan delegatlar Kioto protokoliga kiritilgan Doha tuzatishlarini zudlik bilan bajarishga va iqlim iliqlashuvining Selsiy bo‘yicha 1,5 daraja bilan cheklanishini ta’minlashga chaqirdi.
Izoh (0)