Fransiya Futbol Ligasiga yangi rahbar etib Natali Bua tayinlandi. U bunga qadar Liganing direktorlar kengashida ishlab kelayotgandi, deb yozdi “Sports.ru”.
Liga shu yilning may oyidan buyon rahbarsiz faoliyat yuritib kelayotgandi. Endilikdagi sobiq prezident Frederik Tirez o‘z vazifasini bo‘shatib qo‘ygach, yangi prezident tayinlash masalasi kun tartibida yarim yildan ko‘proq vaqt davomida turdi.
Fransiya Futbol Ligasi mamlakatning birinchi va ikkinchi divizion o‘yinlariga javob beradigan tashkilot hisoblanadi.
Izoh (0)