JCh—2018 saralashida ishtirok etayotgan va 3-bosqichning 5-turi uchun tayyorgarlik ko‘rayotgan Janubiy Koreya terma jamoasi 11-noyabr kuni Kanadani qabul qildi va 2:0 hisobida zafar quchdi.
Uchrashuvning 10-daqiqasida Kim Bo Kyung hisobni ochgan bo‘lsa, Li Jung Xyub 25-daqiqada kanadaliklar postiga ikkinchi bor yo‘l topdi. Qayd etish kerak, Samvel Babayan boshchilik qilayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi yozda Kanadaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushib, 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergandi.Kanadaga qarshi bellashuv Toshkent vaqti bilan 16:00 da start oldi. Ma’lumot uchun, 15-noyabr kuni O‘zbekiston va Janubiy Koreya termalari ishtirokidagi o‘yin ham aynan shu vaqtda boshlanadi.
Saralashning “B” guruhida ishtirok etayotgan Yaponiya terma jamoasi o‘rtoqlik o‘yinida Ummonga imkoniyat qoldirmadi — 4:0. Birinchi bo‘limda Osako dubl qayd etgan bo‘lsa, ikkinchi 45 daqiqalikda Kiyotake hamda Kobayashi kabi futbolchilar muvaffaqiyat qozondi.
O‘zbekiston termasi joy olgan “A” guruhining uch vakili kecha — 10-noyabr kuni o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazgan bo‘lib, ularning barchasi zafar quchgandi. Qatar Rossiya ustidan 2:1 hisobida g‘alab qozondi, Eron Papua Yangi Gvineya darvozasiga 8 ta gol urdi, O‘zbekiston esa Iordaniyani 1:0 hisobi bilan mahf etdi.
Izoh (0)