12-noyabr kuni Xitoy Xalq Respublikasi tashqi ishlar vaziri Van I rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati ma’lum qildi.
Xitoy TIV rahbari bilan Toshkent shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan ikki tomonlama uchrashuvlar davomida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari, mintaqaviy hamda xalqaro masalalar muhokama qilinadi.
Xitoy delegatsiyasining Samarqand shahrida ham bo‘lishi ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)