“Toshkent” telekanalida oilaviy ajrimlar haqidagi videoroliklar namoyish etila boshlandi. Bu haqda “Daryo”ga telekanal vakillari ma’lum qildi.
Rolikni ko‘rganlarning aytishicha, uni tomosha qilgan har qanday odamning ko‘ziga beixtiyor yosh keladi.
Teleradiokanal mutasaddilarining bildirishicha, ushbu roliklarning yaratilishiga ijtimoiy tarmoqlarda “Toshkent” telekanalining kechki dasturlarida ajrashgan oilalar haqida ma’lumotlar berib boriladi, degan xabarning keng muhokama qilinishi turtki bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, ilgariroq Toshkent hokimiyati ajrashgan er-xotinlarning ism-familiyasini televideniye va gazeta orqali e’lon qilishni tavsiya etgan edi.
Izoh (0)