10-noyabr kuni 17:00 da futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Iordaniyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etadi. Bu uchrashuv 15-noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan JCh—2018 saralashi doirasidagi Janubiy Koreyaga qarshi o‘yin uchun tayyorgarlik vazifasini o‘tab beradi.
“Daryo” o‘z o‘quvchilari o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazib, Iordaniyaga qarshi uchrashuv oldidan ularni qaysi jihat ko‘proq ajablantirgani bilan qiziqdi. Ishtirokchilarning 53 foizi o‘yin uslubi Janubiy Koreyanikidan farq qiladigan Iordaniyaning raqib sifatida tanlab olinganidan ajablanishini ma’lum qilgan.
Izoh (0)