JCh—2018 saralashining uchinchi bosqichida ishtirok etayotgan O‘zbekiston va Eron milliy terma jamoalari 10-noyabr kuni o‘rtoqlik o‘yinlarida maydonga tushdi.
Samvel Babayan boshchilik qilayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda Iordaniyani qabul qilib, o‘zbekistonlik hakam boshqarib borgan bellashuvni 1 ta gol farqi bilan o‘z foydasiga hal qildi. Yagona gol birinchi 45 daqiqalik so‘nggida Igor Sergeyev tomonidan urildi.
15-noyabr kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi Seulda Janubiy Koreyaga qarshi bellashuvda maydonga tushadi.
Shu kuni Suriya bilan to‘qnash keladigan Karlush Keyrush boshqaruvidagi Eron milliy terma jamoasi ham 10-noyabr kuni o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etib, Papua Yangi Gvineya postiga 8 ta gol urdi va o‘z darvozasidan 1 ta gol o‘tkazib yubordi.
Ma’lumot uchun, eronlik futbolchilar JCh—2018 3-saralash bosqichida O‘zbekistonni Toshkentda mag‘lub etib ketgandi — 1:0.
Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi 10-noyabr, payshanba
O‘zbekiston — Iordaniya 1:0
Gol: Igor Sergeyev, 45 (1:0).O‘zbekiston: Aleksandr Lobanov — Davron Hoshimov, Yegor Krimets, Anzur Ismoilov, Vitaliy Denisov (Stanislav Andreyev, 46), Vadim Afonin (Aziz Haydarov, 72), Odil Ahmedov (Sardor Rashidov, 45), Server Jeparov (Aleksandr Geynrix, 45), Otabek Shukurov (Javohir Sohibov, 64), Eldor Shomurodov (Jalolidin Masharipov, 59), Igor Sergeyev.
Izoh (0)