2017-yilning 17-iyun kuni start olib, 2-iyulga qadar davom etadigan Konfederatsiyalar Kubogi musobaqasi uchun ishlab chiqariladigan maxsus to‘p “Krasava” nomini oldi, deb yozdi “Chempionat”. Avvalroq Jahon Chempionati—2018 timsoli sifatida “Zabivaka” nomli bo‘ri tanlangandi.
Nashrning “R-Sport”ga asoslanib ma’lum qilishicha, Konfederatsiyalar Kubogi uchun qur’a tashlash marosimi 26-noyabr kuni Qozon shahrida bo‘lib o‘tadi. Turnirda JCh mezboni sifatida Rossiya, amaldagi mundial chempioni sifatida Germaniya, shuningdek, o‘z qit’asida tengsiz bo‘la olgan Chili, Meksika, Avstraliya, Portugaliya, Yangi Zelandiya kabi mamlakatlar ishtirok etadi.
Konfederatsiyalar Kubogi uchun chiptalar savdosi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, uning ilk kunida 30 mingta chipta sotib bo‘lingan.
Izoh (0)