Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining 10-noyabr kuni Iordaniyaga qarshi bo‘lib o‘tadigan uchrashuvi referi Sherzod Qosimovga ishonib topshirildi. Unga qanotlarda Ruslan Serazitdinov hamda Andrey Sapenko yordam beradi, deb ma’lum qildi O‘FF matbuot xizmati.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy terma jamoasining Toshkentda bo‘lib o‘tadigan o‘rtoqlik o‘yinlarini 13 yildan buyon o‘zbekistonlik hakamlarning o‘zi boshqarib keladi. So‘nggi bor 2003-yilning 30-aprel kuni Belarus termasiga qarshi uchrashuvni Qirg‘izistondan tashrif buyurgan referi boshqargan bo‘lib, keyingi 13 yil davomida neytral hakamlar chaqirilmagan.
Iordaniya terma jamoasi Toshkentda O‘zbekistonga qarshi 4 ta o‘yinda maydonga tushgan bo‘lib, ularning hech birida zafar qucha olmagan.
Izoh (0)