Android 7.0 ga o‘tishdagi yuqori tezlik LG kompaniyasining foydalanuvchi va mahsulotlarni samarali qo‘llab-quvvatlashidan dalolat beradi, bu kompaniyaning smartfonlar bozoridagi ustun tomoni hisoblanadi.
LG Electronics (LG) kompaniyasi Janubiy Koreyada LG G5 smartfonlarining operatsion tizimini Android 7.0 Nougat versiyasigacha yangilash ishlarini boshladi. LG V20 modeli namoyishidan so‘ng LG kompaniyasi Android Nougat’da qurilma chiqargan birinchi ishlab chiqaruvchi bo‘ldi. LG bundan avval Android Marshmallow operatsion tizimida ishlab chiqarilgan smartfonlarni Nougat versiyaga yangilashni taklif qilmoqda.
Operatsion tizimni yangilash Janubiy Koreyadan keyin Shimoliy va Janubiy Amerika, Osiyo va boshqa mintaqalarda ham joriy qilinadi. LG G5 smartfoni egalari yangilanish tizimining o‘rnatishga tayyor ekanligi haqida xabar oladi. Qo‘shimcha ma’lumotlar kelgusi haftalarda har bir mamlakatga alohida taqdim etiladi.
Android 7.0 Nougat samaradorlikni oshirish va LG G5 smartfonlari foydalanuvchilariga qulaylik yaratishga yo‘naltirilgan bir qator yangi funksiyalarga ega. Masalan, In Apps funksiyasi qurilmaga o‘rnatilgan dasturlar bo‘yicha qidiruvni amalga oshiradi. Yangi ko‘p derazali interfeys ikki martalik bosish orqali bir dasturdan boshqasiga o‘tish hamda bir ekranda ikki dasturni ishga tushirish imkonini beradi. Kengaytirilgan personal sozlamalar va aqlli xabarlar smartfonlardan foydalanish samaradorligini oshiradi.
“LG kompaniyasi o‘z iste’molchilariga eng yaxshi, eng zamonaviy mobil texnologiyalar kerakligini yaxshi biladi”, — ta’kidladi LG Mobile kompaniyasi vitse-prezidenti, tadqiqotlar va rivojlantirish bo‘limi rahbari Kim Xyon Jang.
LG Internet tarmoqlarida:
FacebookReklama huquqi asosida
Izoh (0)