Lola Karimova-Tillayeva o‘zining Instagram sahifasiga onasi Tatyana Karimova bilan birga tushgan suratini joyladi. Bunda ular Samarqand nonini ushlab turgan holda gavdalangan.
“Yurtimizda nonning bir necha yuz turi mavjudligidan xabaringiz bormi? Dovrug‘i dunyoga taralgan o‘zbek nonining turlari mana shunday xilma xildir. Milliy taomlar mutaxassislarining fikriga qaraganda, o‘zbek nonining ba’zi bir turlarini ona zamindan boshqa joyda yopib bo‘lmaydi, hatto barcha kerakli masalliqlar to‘la to‘kis ishlatilgan taqdirda ham. Bu xususida Samarqand noni bilan bog‘liq mashhur rivoyat barchamizga yaxshi ma’lum”, — deb yozadi Lola Tillayeva-Karimova.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)