O‘zbekistonda 6-noyabr, yakshanba kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, 6-noyabrga o‘tar kechasi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida -7...-2 daraja sovuq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida -2...+3 daraja, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida -2...+5 daraja, Toshkent shahrida 0...+2 daraja, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida +1...+6 daraja, qolgan hududlarda 0...+5 daraja iliq bo‘ladi.
Yakshanba kuni kunduzi mamlakatning tog‘li joylarida +2...+7 daraja, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida +8...+13 daraja, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida +9...+14 daraja, Toshkent shahrida +14...+16 daraja, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida +13...+18 daraja, qolgan barcha hududlarda +12...+17 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
“O‘zgidromet”ning alohida qayd etishicha, 6-noyabrga o‘tar kechasi va 6-noyabr kuni kunduzi Farg‘ona vodiysi viloyatlarida tuman tushishi ehtimoli bor.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)