“O‘zbekiston havo yo‘llari” yana 3 ta Boeing Dreamliner xarid qiladi. Bu haqda milliy aviakompaniya matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi UzDaily.
Boeing korporatsiyasi prezidenti Reymond Konnerning tashrifi chog‘ida bu haqda kelishuvga erishilgan.
O‘zbekistonga yetkazilgan ilk ikki Dreamliner 787-8 modifikatsiyasida edi. Yangi havo kemalari esa uzunroq variantdagi va yo‘lovchi o‘rni ko‘paytirilgan 787-9 modifikatsiyasida bo‘lishi kutilmoqda.
Izoh (0)