Yaqin kelajakda Qozog‘iston poytaxtida Abu Dhabi Plaza osmono‘par binosi quriladi. Bu haqda “National Geographic Rossiya” xabar berdi.
Loyiha 2009-yilda boshlangan edi. O‘shanda Qozog‘iston BAAning Aldar Properties kompaniyasi bilan shartnoma imzolagan edi.
2018-yilda qurilishi tugaydigan Abu Dhabi Plaza Markaziy Osiyodagi eng baland bino bo‘ladi. Majmuaning binolaridan biri — 382 metrli minora — 88 qavatdan iborat bo‘ladi. O‘z ichiga ofis xonalari, savdo va ko‘ngilochar markazlar, mehmonxonalar va bir necha yuz xonadonni oladigan osmono‘par bino monorels yo‘li orqali Ostona xalqaro aeroporti bilan bog‘lanadi.
Izoh (0)