Futbol bo‘yicha Urugvay milliy chempionati mamlakat futbol uyushmasi ijroiya qo‘mitasining qarori bilan vaqtinchalik to‘xtatib qo‘yildi. Bunga mahalliy fanatlar uyushmalari o‘rtasidagi ixtiloflarda ishqiboz Ernan Fiorittoning o‘ldirilishi sabab bo‘ldi, deb xabar beradi “TASS”.
5–6-noyabrga mo‘ljallangan o‘yinlarning o‘tkazilish muddatlari ortga surildi. Dam olish kunlari chempionat doirasida jami sakkizta o‘yin o‘tishi lozim edi.
Halok bo‘lgan muxlis 21 yoshda edi.
“Futbol urugvayliklar uchun muhim, ammo inson hayotidan muhimroq narsa yo‘q”, — deyiladi uyushmaning bayonotida.
Izoh (0)