Indoneziyada Malayziya kemasining halokatga uchrashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 38 kishiga yetdi. Bu haqda, The Indian Express nashriga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Avvalroq 21 kishi halokat qurboni bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
Manbaning ta’kidlashicha, qutqaruvchilar bedarak yo‘qolgan deb hisoblangan kishilarning jasadini aniqladi.
2-noyabr, chorshanba kuni Malayziyaning Joxor-Baru portidan Indoneziyaga yo‘l olayotgan hamda bortida 90 nafarga yaqin ishchi bo‘lgan kema Batam oroli yaqinida halokatga uchradi. Guvohlarning aytishicha, kema shiddatli shamol va kuchli to‘lqinlar oqibatida ag‘darilgan.
Xabarda qayd etilishicha, kema dengizga noqonuniy ravishda chiqqan va uning bortidagi ishchilarda hujjatlar bo‘lmagan.
Izoh (0)