2-noyabr kuni Toshkentda O‘zbekiston va Slovakiya ishbilarmon doiralari vakillarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb yozadi UzDaily.
Slovakiya delegatsiyasi ushbu uchrashuvda qatnashish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Delegatsiyaga Slovakiya tashqi va Yevropa ishlari vaziri Lukash Parizek rahbarlik qildi.
Davra suhbatida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama etildi. Ishtirokchilar, shuningdek, O‘zbekistonda muvaffaqiyatli faoliyat olib borayotgan Slovakiya kompaniyalari ishi bilan tanishdi.
Slovakiya delegatsiyasi O‘zbekistonning investitsiya imkoniyatlari bilan batafsil tanishdi.
Izoh (0)