“Manas” aeroportiga o‘rnatilgan bomba haqida xabar bergan Bishkek fuqarosi huquq-tartibot organlari tomonidan qo‘lga olindi, deb yozadi “Interfaks” Qirg‘iziston Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasiga tayanib.
1986-yilda tug‘ilgan erkak 31-oktabr, dushanba kuni Toshkent vaqti bilan 15:15 da navbatchi xizmatga qo‘ng‘iroq qilib, rafiqasi Moskvaga xizmat safariga uchib ketmasligi uchun, go‘yoki aeroportga o‘rnatilgan bomba haqida xabar qilgan. U alkogol mastlik holatida bo‘lgan.
Qo‘ng‘iroq sababli aeroportdagi barcha odamlar evakuatsiya qilingan, bir nechta reyslar, jumladan, Moskvaga reys qoldirilgan. Tekshiruv chog‘ida samolyotda ham, yaqin atrofdagi hududlarda ham hech qanday portlovchi qurilma topilmagan. Aeroport 31-oktabr kuni kechki payt odatiy ish rejimiga qaytdi.
Portlovchi qurilma haqidagi yolg‘on xabar holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Izoh (0)