Buyuk Britaniya kompaniyalari 1 funt sterling nominalli 12 burchakli tanganing iste’molga kiritilishiga tayyorgarlik ko‘rishi lozim. Bu haqda, mamlakat moliya vazirligi e’loniga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Qirollik zarbxonasi tomonidan ishga tushirilgan saytda kompaniyalar o‘z uskunalarini yangi tanganing shakllariga moslashtirishi lozimligidan ogohlantiriladi. Tanga 2017-yil martidan iste’molga kiritiladi. Naqd pullarni qabul qiluvchi barcha avtomatlar o‘sha paytga qadar modifikatsiyadan o‘tkazilishi lozim.
Yarim yil davom etadigan o‘tish davrida kompaniyalar avtomatlar ham eski, ham yangi tangalarni qabul qilishini ta’minlashi lozim. Shundan so‘ng hozirgi tanga iste’moldan chiqariladi, lekin ko‘pchilik banklar va pochta bo‘linmalari eski tangalarni qabul qilishda davom etadi.
Izoh (0)