O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyevning 26-oktabrdagi qarori bilan Ikramov Agzam Anvardjonovich O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi raisining o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.
Agzam Ikramov egallab turgan lavozimida turmush darajasi va ijtimoiy soha, demografiya va mehnat, xizmatlar sohasi, tadbirkorlik va bank-moliya xizmatlari statistikasi boshqarmalarining faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Izoh (0)