Ispaniyaning “Patakona” futbol klubi tarbiyalanuvchilari “Barselona” futbolchilarining “Valensiya”ga qarshi (3:2) La Liga 9-tur o‘yinidagi sportga xos bo‘lmagan xatti-harakatini takrorlab, chetdan kuzatganda g‘alati ko‘rinishini ko‘rsatib berdi. Bu haqda “iSport.ua” xabar bermoqda.
“Valensiya”ga qarshi uchrashuv yakunida Lionel Messi penaltidan unumli foydalanib, “Barselona”ga g‘alaba keltirgan gol muallifi bo‘ldi.
Kataloniyaliklar golni nishonlayotgan vaqtda raqib jamoa muxlisi suv idishini kataloniyaliklar tomon uloqtirdi. Suv idishi zarbasidan jarohat olganini simulyatsiya qilgan Neymar bilan Suares uzoq vaqt o‘rnidan turmadi.
“Barselona” futbolchilarining bunday xatti-harakatlari keskin tanqid qilindi. Hatto La Liga prezidenti Xavyer Tebas va Ispaniya futbol federatsiyasi Tartib-intizom qo‘mitasi ushbu harakatlarni qoraladi.Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)