Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasi Kurgandagi ko‘p vaqatli turar-joy derazasidan bolaning tushib ketishi holati bo‘yicha tergovoldi tekshirishini o‘tkazmoqda. Bu haqda 31-oktabr, dushanba kuni boshqarma matbuot xizmati ma’lum qildi, deb yozadi “Interfaks”.
4 yoshli bola hodisa joyidan og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizildi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa 29-oktabrga o‘tar kechasi yuz bergan. Qizcha ota-onasi bilan Kurgandagi tanishlarinikiga kelgan. Bolani uxlashga yotqizgan kattalar xonani tark etgan. Ular yo‘q paytda bola derazani ochib, pastga tushib ketgan. Bir necha daqiqadan keyin kattalar qizchani pastdan topgan.
Hozirgi vaqtda hodisa tafsilotlari aniqlanmoqda. Tekshirish yakunlari bo‘yicha protsessual qaror qabul qilinadi.
Izoh (0)