Xalqaro kosmik stansiyadan Yer sayyorasiga qaytgan kosmonavtlar tushiruvchi apparatdan muvaffaqiyatli evakuatsiya qilindi. Bu haqda Moskva viloyatidagi Parvozlarni boshqarish markaziga asoslangan holda “Interfaks” xabar bermoqda.
XKS ekipajining uch a’zosini olib kelayotgan kapsula 30-oktabr ertalabki soatlarida Qozog‘istonning Jezqazg‘an shahridan 148 kilometr janubi-sharqroqda qo‘ndi.
Yangi seriyaning birinchi boshqariluvchi kemasi bo‘lmish “Soyuz MS”da Yerga rossiyalik kosmonavt Anatoliy Ivanishin, JAXA astronavti Takui Onishi hamda NASA astronavti Ketlin Rubinslar qaytdi.
XKS bortiga keyingi ekspeditsiya vakillari yetib kelguniga qadar orbitadagi ishlarni rossiyalik kosmonavtlar Sergey Rijikov, Andrey Borisenko va NASA astronavti Robert Kimbrou davom ettiradi.
Izoh (0)