Italiyaning markaziy qismida kuchli zilzila qayd qilindi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Dastavval AQSh Geologiya xizmati zilzila magnitudasi 7,1 ni tashkil etganini xabar qilgan edi. Ammo keyinroq EFE agentligi Italiya geofizika va vulqonshunoslik milliy instituga tayangan holda ofat 6,1 magnitudali bo‘lganini yozdi. Yevropa–O‘rta Yer dengizi seysmologiya markazi, o‘z navbatida, 6,6 sonini keltirdi.
Jabrlanganlar haqida hozircha ma’lumot yo‘q. Silkinishlar shu hafta boshida sodir bo‘lgan ayrim zilzilalardan zarar ko‘rgan binolarga yana bir zarba bo‘lgani aytilmoqda.
Tabiiy ofat epitsentri 10 kilometr yer ostidan o‘tadi. Silkinishlar Rim va Florensiyada sezildi.
Izoh (0)