Ispaniya deputatlar kongressi (parlament quyi palatasi) ikkinchi marta ovoz berish jarayonida hukumat raisi vazifasini bajaruvchi nomzod Mariano Raxoyni bosh vazir lavozimiga tasdiqladi, deb yozadi “TASS”.
Raxoy Kongressda yangi hukumat tarkibini 3-noyabr, payshanba kuni e’lon qilishini aytdi.
U siyosiy kuchlarni umumiy maqsadlar va o‘zaro hamkorlikni qidirishga chaqirdi. “Parlamentga ovoz berish jarayoni yakunlaridan mamnunman va barchaga minnatdorlik bildiraman”, — deb ta’kidladi Raxoy.
U, shuningdek, kimga ovoz berganidan qat’iy nazar, barcha ispaniyaliklarning manfaatini ko‘zlab faoliyat yuritishga va’da berdi.
Ovoz berish natijalariga ko‘ra, Raxoy uchun kongress a’zolarining 170 nafari ovoz bergan, 111 nafari qarshi ovoz bergan.
Izoh (0)