Islandiya Qaroqchilar partiyasi 29-oktabr, shanba kungi saylovlarda, dastlabki hisob-kitob natijalariga ko‘ra, 13 foiz ovoz to‘pladi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.
Hozirgi paytda ovozlarning chorak qismi hisoblab chiqilgan. Natija Qaroqchilar partiyasiga parlamentdagi 63 o‘rindan to‘qqiztasini beradi. Hozirgi paytda u uchta o‘ringa ega.
O‘ng Mustaqillik partiyasi 30 foiz, so‘l Yashillar harakati 17,1 foiz ovoz to‘plagan.
Muddatdan oldin o‘tkazilayotgan saylovlar Panama mojarosi tufayli aprel oyida bosh vazirning iste’foga chiqishi bilan bog‘liq.
Izoh (0)