IShID terrorchi guruhi Germaniyaning Gamburg shahrida 16 yoshli o‘smirning o‘ldirilishi uchun javobgarlikni zimmasiga oldi. Bu haqda, Bild nashriga asoslanib, “Vedomosti” xabar bermoqda.
Aytilishicha, voqea 16-oktabrda ro‘y bergan. 15 yoshli dugonasi bilan daryo qirg‘og‘ida, ko‘prik ostida o‘tirgan o‘smir yigitga noma’lum shaxs orqadan hujum qilgan. U yigitga pichoq bilan bir nechta zarba bergan. Buning oqibatida o‘smir shifoxonada olamdan o‘tgan.
15 yoshli qiz suvga sakrab, voqea joyidan suzib ketishga muvaffaq bo‘lgan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.